O'zbekiston yo'l harakati qoidalarini interaktiv testlar orqali o'rganing: 1240 ta imtihon savoli, 62 ta bilet (har birida 20 ta savol), 93 ta yo'l belgisi va shaxsiy progress kuzatuvi.
Ha, saytdagi 1240 ta savol O'zbekiston DAN (Davlat Avtomobil Nazorati) rasmiy test bazasiga asoslangan va 2026-yilgi o'zgarishlarga moslab yangilangan.
Rasmiy imtihon rejimida (Premium) 20 ta tasodifiy savol, 25 daqiqa vaqt beriladi. 2 tadan ortiq xato qilinsa (ya'ni 3-xatoda), real imtihondagi kabi test darhol tugaydi. Kengaytirilgan mashg'ulot rejimida esa savollar sonini, vaqt chegarasini (vaqtsiz ham bo'ladi) va ruxsat etilgan xatolar sonini (cheklanmagan ham bo'ladi) o'zingiz tanlaysiz.
Qisman. Bepul: 1–3-biletlar, kengaytirilgan rejimda mavzular bo'yicha mashq, yo'l belgilari to'plami va statistika. Premium: 4–62-biletlar, qat'iy rejim, rasmiy imtihon rejimi va xatolar ustida ishlash.
Ha, ro'yxatdan o'tgan har bir foydalanuvchining urinishlari profiliga saqlanadi va har bir mavzu bo'yicha eng so'nggi natijani mavzular sahifasida ko'rish mumkin.
Ha, sayt barcha qurilmalarga (telefon, planshet, kompyuter) moslashgan va brauzer orqali qo'shimcha ilova o'rnatmasdan ishlatilaveradi.
Shart emas: mini-test, Bilet 1 va yo'l belgilari ro'yxatdan o'tmasdan ham ochiq. Bepul ro'yxatdan o'tsangiz, 1–3-biletlar, mavzular bo'yicha mashq va statistika ochiladi, natijalaringiz hisobingizda saqlanadi. Buning uchun Google hisobingiz yoki email va parol yetarli (email orqali bo'lsa, emailni tasdiqlash kerak). Mehmon sifatida yechgan natijalaringiz ro'yxatdan o'tgach hisobingizga ko'chiriladi.